23:19 / 10.02.2016
9589

Tojikiston Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi

Tojikiston ichki ishlar vazirligi Qirg‘izistonga qirg‘iz-tojik chegarasidagi uylardan birida Qirg‘iziston bayrog‘ining o‘rnatilishi sababli norozilik notasini yubordi.

Tojikistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi bunday harakatlar chegaralarni delimitatsiyalash va demarkatsiyalash bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarga qarshi borayotgani va xalqaro me'yorlarga zidligini ta'kidlamoqda.

Tojikiston ushbu voqeaning tergov qilinishi va bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.

2016 yil 6 fevralda chegara yaqinidagi Qirg‘izistonning Laylak tumani Maqsat kishlog‘idagi uylardan biriga Qirg‘iziston bayrog‘i o‘rnatilgan. Qirg‘iziston chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uy Qirg‘iziston hududida bo‘lgan va Tojikiston fuqarolariga ijaraga uy beruvchi Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli bo‘lgan.

Biroq Tojikistonning aytishicha, Qirg‘iziston bayrog‘i chegaraning bahsli hududida joylashgan uyda o‘rnatilgan va bu uy Tojikiston fuqarosiga tegishli bo‘lgan.

Top