08:54 / 10.02.2016
2924

Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat departamenti suriyalik kurdlarni terrorchilar deb hisoblamasligi sababli AQSh elchisini chaqirtirdi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Vashington suriyalik kurdlarning "Demokratik ittifoq" (DI) partiyasini terrorchilik tashkiloti deb hisoblamasligini aytganidan keyin AQShning Anqaradagi elchisini chaqirtirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Turkiya hukumati DIni Turkiya harbiylari bilan muxtoriyat uchun kurashuvchi va Turkiyada terrorchilik guruhi deb hisoblanuvchi Kurdiston ish partiyasining bir qismi deb hisoblaydi. Biroq, AQSh suriyalik kurdlarni Suriyada IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda.

Top