21:44 / 11.02.2016
2987

Mourino «Manchester Yunayted»ga Lassana Diarrani taklif etishni rejalashtirgan

Ayni vaqtda «Marsel» jamoasida faoliyat ko‘rsatayotgan Lassana Diarra Angliya chempionatiga kelishi mumkin.

L’Equipe nashrining yozishicha, oxirgi yillarda Rossiya chempionatidagi «Anji» va «Lokomotiv» jamoalari safida o‘ynagan bu futbolchiga «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati tomonidan qiziqish bildirilgan.

Manchesterliklar bu futbolchini Maykl Kerrikning o‘rnida o‘ynatishmoqchi.

Aniqlik kiritilishicha, jamoa rahbariyati yozda bosh murabbiy sifatida tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourinoning istagiga ko‘ra shu futbolchini taklif etish rejasini tuzgan.

Ma'lumot uchun, Diarraning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Mourino «MYu» boshqaruviga kelsa, 2 futbolchini transferga qo‘ymoqchi

Top