10:22 / 11.02.2016
2325

Sloveniyaning sobiq prezidenti BMT Bosh kotibi lavozimi uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi

Sloveniya mamlakatning sobiq prezidenti Danilo Tyurk nomzodini BMT Bosh kotibi lavozimi uchun ilgari surgani bildirilgan nomani BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasiga yo‘lladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari Karl Yerjavech bu nomada Tyurkni "xalqaro darajada tan olingan siyosatchi, diplomat, xalqaro huquq sohasi bilimdoni va katta siyosiy tajribaga ega arbob" sifatida ta'riflagan.

2017 yil 1 yanvarda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun egallab turgan lavozimidan bo‘shaydi. 2015 yil dekabr oyida BMT a'zo bo‘lgan davlatlarga Pan Gi Munning o‘rniga yangi nomzod taklif qilishni so‘ragan.

BMT bosh kotibligiga bir nechta nomzod taklif qilinishi mumkin

BMT bosh kotibligi uchun ikki nomzod nomi ma'lum qilindi

Chernogoriya TIV rahbarini BMT bosh kotibligi lavozimiga nomzod sifatida tavsiya qildi

Top