20:42 / 12.02.2016
2166

Independent britan nashri bosma versiyasidan voz kechmoqda

Britaniyaning The Independent gazetasi o‘zining bosma versiyasidan voz kechmoqda, deb yozmoqda ESI Media nashriyotiga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri.

E'lon qliinganidek, gazeta adadi tushib ketgani bois mart oy oxirida yopiladi. ESI Media egalarining aytishicha, gazetaning oxirgi bosma usulida chop etilgan soni 26 martda chiqadi.

The Independent gazetasi 1986 yilda tashkil etilgan. U mazmunan Buyuk Britaniyaning Liberal-demokratik partiyasiga yaqin bo‘lgan va inson huquqlariga alohida e'tibor qaratgan.

Top