15:59 / 12.02.2016
2972

Malidagi BMT bazasiga hujum uyushtirildi

Noma'lum qurolli shaxslar guruhi Mali shimoli-sharqidagi Kidal shahrida joylashgan BMT bazasiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda ham hududda otishma ovozi tinmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida qurbon bo‘lganlar bor. Shuningdek, bir necha kishi jarohatlangani aytilgan.

MSNBC manbasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu hujum natijasida ikki nafar tinchlikparvar kuchlar xodimi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda, bu hodisaning to‘liq tafsilotlari ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni BMTning Timbuktudagi bazasiga ham hujum uyushtirilgandi. 2015 yilning 28 noyabr kuni esa Kidaldagi bazaga hujum sodir etilgandi.

Top