22:37 / 12.02.2016
2474

Qishki transferlar vaqtida Iguainning "Chelsi"ga o‘tishi amalga oshmay qolgani ma'lum bo‘ldi

"Chelsi" yanvar oyida "Napoli"ning argentinali hujumchisi Gonsalo Iguain bilan muzokaralar olib borgan.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, londonliklar ushbu 28 yoshli futbolchi uchun 40 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Ammo, muzokaralar jarayonida "Chelsi" murabbiyi Guus Xiddink Iguainga Diyego Kosta borligida asosiy tarkibdan muntazam joy kafolatlay olmasligini ma'lum qilgach, Iguain Londonga borish fikridan qaytgan.

Ma'lumot uchun, Iguain joriy mavsumda Italiya chempionatining 24 turida 24ta gol urgan holda to‘purar bo‘lib turibdi.

Top