14:13 / 12.02.2016
4589

Time: Tramp Rim papasini tanqid qildi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp Rim papasi Frantsiskning AQSh va Meksika chegarasidagi hududga amalga oshirishni rejalashtirgan tashrifiga tanqidiy munosabat bildirdi. Bu haqda Time nashri xabar tarqatgan.

Trampning fikricha, papa Frantsisk AQShdagi migratsiya muammolari haqida yaxshi tushunchaga ham ega emas.

"Men hisoblaymanki, Rim papasi siyosiy shaxs sifatida gavdalanmoqda. Lekin u bizning mamlakatimizdagi muammolarni tushunmaydi. U Meksika bilan chegarani ochib qo‘yishning naqadar xavfli ekanini bilmaydi", deydi Tramp.

Uning ishonch bilan aytishicha, chegaralarning ochilishi faqat Meksika uchun foydali, AQSh esa bundan faqat yutqazadi.

Bundan oldinroq, Tramp meksikaliklar uchun viza to‘lovlarini oshirishni va bundan to‘plangan mablag‘ evaziga Meksika bilan chegarada devor qurishni taklif qilgandi.

Top