16:22 / 13.02.2016
4226

Fransiya bosh vaziri giperterrorizm davri kelganini ma'lum qildi

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals Yevropada giperterrorizm davri boshlangani haqida aytib o‘tdi.

"Biz ushbu haqiqatni fuqarolarimizga tushuntirishimiz zarur – bizga hali yana hujumlar bo‘ladi, qo‘rqinchli hujumlar bo‘ladi. Bu giperterrorizm balosi davom etadi. Biz unga qarshi yanada qat'iyat bilan kurashsak ham, baribir avj olaveradi", - deya e'lon qildi Vals Myunhendagi xavfsizlikka bag‘ishlangan konferensiya vaqtida.

Ushbu qo‘shma konferensiyada Vals rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan birgalikda ishtrok etdi.

Top