20:29 / 13.02.2016
4628

Kerri: Rossiyaga nisbatan sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilmaguncha saqlanib qoladi

Yevropa va AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar Ukraina bo‘yicha Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilmaguncha saqlanib qoladi, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men AQSh va Yevropa sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham, Ukrainaga yordam berish borasida ham yakdil bo‘lishda davom etishiga ishonchim komil", deb aytdi Kerri Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyadagi nutqida.

Kerrining aytishicha, Rossiya oddiy tanlov oldida turibdi: Minsk kelishuvlarini to‘liq bajarish yoki sanksiyalardan ziyon ko‘rishda davom etish.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiyaga qarshi sanksiyalar siyosiy natijalarga olib kelmasligini aytgandi.

Top