08:20 / 13.02.2016
16034

Tarixdagi eng kutilmagan ajralishlar sanab o‘tildi

New York Daily News gazetasi tarixdagi eng hayratlanarli ayriliqlar reytingini tuzdi. Bu reyting Barbi va Ken qo‘g‘irchoqlarining ayriliqlari kuniga bag‘ishlangan. Qo‘g‘irchoq juftlik 2004 yilda avliyo Valentin kunida bir-biri bilan vidolashgan va 2011 yilda yana qovushgan.   

Barbi va Kenning ayrilishi boshqa uzoq davom etgan chin yoki chin bo‘lmagan munosabatlarning barham topishi kabi kutilmagan hodisa bo‘lgandi, deb yozmoqda gazeta.

Jumladan, reytingga musiqachi Sonni Bono va qo‘shiqchi Sher, supermodel Xaydi Klum va qo‘shiqchi Sil juftliklari ham kirdi. Reytingdan, shuningdek, qurbaqa Kermit va Miss Piggi ("Mappet-shou" qahramonlari), aktrisa Jyennifer Eniston va aktyor Bred Pitt ham o‘rin oldi.

Sonni Bono va Sher.

Qurbaqa Kermit va Miss Piggi.

Bred Pitt va Jyennifer Eniston.

Gazeta basketbolchi Lebron Jyeymsning "Klivlend Kavalers" jamoasi bilan, beysbolchi va menejyer Jo Torrining "Nyu-York Yankiz" jamoasi bilan vidolashishini ham qayd qilib o‘tdi.

Lebron Jyeyms.

Bundan tashqari, reytingga "Beverli-Xillz, 90210" seriali qahramonlari Brenda Uolsh va Dilan Makkey ayriliqlari ham kirdi.

Top