18:00 / 14.02.2016
17770

OAV: Erdo‘g‘an Vashington bilan ziddiyatga kirishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQShni Barak Obamaning maxsus vakili Bretta Makgurkning Suriyaga tashrifidan keyin tanqid qilib chiqqan. Today's Zaman nashrida yozilishicha, AQShning Turkiyadagi elchisi bu tushunmovchilik haqida ommaga e'lon qilmaslikni so‘raganiga qaramasdan, Erdo‘g‘an OAV orqali bu haqda bildirgan.

"Turkiyaning Suriya masalasi bo‘yicha tashqi siyosatidagi xato kurdlar va Rossiya samolyotiga hujumlar bilan davom etdi. Endi esa turklar nafaqat Rossiya bilan, balki AQSh bilan ham ziddiyatga kirishgan", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an amerikaliklarning Suriyadagi kurdlarni qo‘llab-quvvatlashi ortidan Anqara va Vashington o‘rtasidagi ishonch yo‘qola boshlagani haqida aytib o‘tgandi.

U AQSh prezidentining maxsus vakili Bretta Makgurkning Suriyadagi Kobani shahriga kelishidan norozi bo‘lgan. Bu shahar Suriyadagi kurdlar nazorati ostida hisoblanadi.

Top