21:23 / 14.02.2016
9045

Rossiya o‘z hududidan Ukraina yuk mashinalarining harakatini taqiqlab qo‘ydi

Rossiya hukumati Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan katta yuk mashinalarining o‘z hududidan harakatlanishini to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Rossiya transport vazirligi saytida.

"Ko‘rsatilgan choralarning amal qilishi Ukraina tomonidan Rossiya yuk avtotransport vositalarining Ukraina hududida noqonuniy taqiqlanishi bilan bog‘liq vaziyat tartibga solinmaguncha saqlanib qoladi", deyilmoqda xabarda.

Ukrainada ba'zi "shaxslar guruhi" 11 fevraldan Ukraina orqali o‘tuvchi Rossiya yuk mashinalarining harakatlanishini noqonuniy to‘xtatayotganlari aytilmoqda. Rossiya transport vazirligida Ukraina yuk mashinalarining Rossiya hududi bo‘ylab harakatlanishini taqiqlash javob chorasi ekanligi aytildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning turli hududlarida Rossiyaning 100 dan ko‘proq yuk mashinasi to‘xtatib qo‘yilgan, 500 dan ko‘proq yuk mashinasi Rossiyaga qaytayotganda Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga kira olmayapti. O‘z navbatida, Rossiya 11 fevraldan 12 fevralgacha Ukrainaning mingdan ko‘proq yuk mashinalarining o‘z hududiga kirish-chiqishini ta'minlagan.

Top