08:42 / 14.02.2016
3884

Saudiya Arabistoni Suriya yaqinidagi turk bazasiga qiruvchi samolyotlari kelganini tasdiqladi

Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri maslahatchisi general Ahmad Asiriy "Al-Arabiya" telekanali efirida qirollik harbiy samolyotlarining Suriya chegarasi yaqinidagi Turkiyaning Injirliq bazasiga IShIDga qarshi havo operatsiyasini amalga oshirish uchun kelganini tasdiqladi.

Asiriyning aytishicha, Suriya hududidagi operatsiyaga jalb qilinadigan qiruvchi samolyotlar soni "koalitsiya maqsadlariga" bog‘liq bo‘ladi. Asiriy Saudiya Arabistoni hozircha Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yubormoqchi emasligini ta'kidlab o‘tdi.

"Turkiyada samolyotlarning joylashtirilishi Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha emas, balki xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda", deb aytdi general.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘lu Saudiya Arabistoni hukumati Injirliq bazasiga Suriyaga quruqlikdan kirish arafasida qiruvchi samolyotlar yuborganini ma'lum qilgandi.

Top