19:11 / 15.02.2016
3108

Mishel Platini: Agar mening qandaydir aybim bo‘lsa, uyatdan Sibirga yashiringan bo‘lardim

UYeFA prezidenti Mishel Platini bugun Tsyurix shahrida FIFA Apellyatsiya qo‘mitasining o‘z ishi bo‘yicha eshittiruvida qatnashadi.

Platini hamon o‘ziga qo‘yilgan ayblarni inkor qilib kelmoqda va futbol faoliyatidan 8 yil muddatga chetlatilishini asossiz qaror sifatida baholamoqda.

"Men o‘z kelajagim uchun adolatsizlikka qarshi kurashaman. Agar men qandaydir jinoyatda aybdor bo‘lsam, sharmandalikka chiday olmay Sibirga yashiringan bo‘lardim", deydi Platini.

Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi

Platini o‘zining diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsion qo‘mitaga shikoyat xati yozadi

Top