13:57 / 15.02.2016
3022

Neymar: "Barselona" bilan shartnomamni uzaytirishimni kutmoqdaman

"Barselona" klubining braziliyalik hujumchisi Neymar Junior yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Muzokaralar olib borilmoqda. Men xotirjamman, axir amaldagi sharnomam yakuniga qadar hali hali uch yil bor (aslida 2,5 yil - tahririyat).

Kayfiyatim ko‘tarinki ruhda. Biz kelisha olishimizga ishonchim komil", - deydi Neymar.

Bundan oldinroq, Fransiyaning "PSJ" jamoasi Neymarga yiliga 40 million yevro, "Real" esa 20 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabarlar berilgandi.

«PSJ» Neymarga yiliga 40 mln yevro maosh to‘lashga tayyor

Top