17:26 / 15.02.2016
5204

Xitoylik nafaqaxo‘r osmono‘par binoda 218 metrli sevgi izhorini aks ettirdi

O‘z muxabbatini izhor etish, romantik uchrashuv uyushtirish uchun hech qachon kech emas. Xitoydagi Chjetszyan provinsiyasida xitoylik nafaqaxo‘r o‘z rafiqasini tabriklash maqsadida ko‘p qavatli mehmonxonani ijaraga oldi, bundan ko‘zlangan maqsad, mehmonxona xonalaridagi chiroqlar yordamida o‘z muxabbatini izhor etishdan iborat edi, deya xabar bermoqda Xitoy xalqaro radiosi (CRI).

84 yoshli Tsyao Deveyey tomonidan o‘ylab topilgan ko‘rinish asosida osmono‘par binoda ingliz tilida 218 metrli I love you (“Men seni sevaman”) yozuvi paydo bo‘ldi.

Katta yoshdagi erkak 83 yoshli rafiqasi Lyu Shisyuga guldasta ham xadya etdi. Ayol o‘sha paytda oq rangdagi to‘y libosida edi, erkak esa qora kostyum kiyib olgandi. Shu tarzda Tsyao o‘z rafiqasini to‘ylarining 67-yilligi bilan tabriklash istagida bo‘lgan.

Mehmonxona xodimlari juftlik uchun xonani atirgul yaporqchalari va oqqushlar bilan bezatishgan.

Top