Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:27 / 16.02.2016
5930
1 daqiqa o‘qiladi
Kreml Turkiya bilan munosabatlar chuqur inqirozda ekanini qayd etdi
Kremlda Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar “chuqur inqirozda” ekanligi ma'lum qilindi, deb yozmoqda TASS. Bu haqida matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lumot bergan.
Rossiya-Turkiya munosabatlari yanada murakkablashishi mumkinligini bashorat qilish qiyin ekanligi aytib o‘tilgan.
“Biz mazkur inqirozning tashabbuskori emasmiz” – dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabr kuni Turkiya Suriya hududi ustida Rossiyaning bombardimonchi Su-24 samolyotini urib tushirgandi.