10:21 / 16.02.2016
10589

O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishga da'vat etishmoqda

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a'zolikka tayyorlanish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi, deb yozmoqda Sputniknews. 

“Bu - ikkala tomon uchun ham nihoyatda muhim masala. Ayni paytda biz ushbu jarayonning eng boshlang‘ich nuqtasida turibmiz. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi tashkilotning xalqaro majburiyatlari bilan mahalliy qonunchilikni muvozanatga keltirish hisobiga mamlakatda savdo muhitining yaxshilanishini sezilarli darajada ta'minlaydi”, - deb o‘z fikrini bildirdi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining elchi-raisi Yuriy Shterk O‘zbekistondagi matbuot konferensiyasi doirasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir tomonlar aro Jahon savdo tashkilotiga a'zolik xususida muzokaralar olib borilmayapti, lekin O‘zbekistonning kelajakda ushbu tashkilotga qo‘shilishga bildirgan qiziqishi o‘z kuchini saqlab turibdi. Shu o‘rinda, Yevropa delegatsiyasi raisi O‘zbekistonning a'zolikka tayyorlik darajasini ham o‘rganib chiqish lozimligini, bunda, asosan, o‘zbekistonlik hamkorlarning faolligini muhimligini ham aytib o‘tdi.

Jahon savdo tashkilotiga a'zolik mamlakatda savdo muhitini rivojlantirish bilan birgalikda, ma'lum asosli iqtisodiy xavf tug‘dirish ham ehtimoli mavjud. Bunday holatlarda YeI o‘z hamkorligi va yordamini ayamaydi.

Tashkilotning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga bo‘lgan xarakatlarini qadrlaydi va shu sohada hamkorlikka umid qiladi.

Jahon savdo tashkiloti – 1995 yil 1 yanvarda xalqaro savdoni erkinlashtirish va a'zo mamlakatlarning iqtisodiy-siyosiy munosabatlarini mo‘'tadillashtirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tuzilma.

Top