10:22 / 17.02.2016
3019

"Lokomotiv" UYeFA tomonidan "Tarasov ishi" tufayli jazolanishi mumkin

"Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasovning Yevropa Ligasi 1/16 finali bosqichida Turkiyaning Istanbul shahrida "Fenerbahche" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan (0:2) keyin amalga oshirgan harakati jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin.

Associated Press nashrining yozishicha, Tarasov o‘yindan keyin maydonga qaytib, turkiyalik muxlislarga ichki maykasidagi Putin suratini ko‘rsatish orqali muxlislarga hurmatsizlik qilgan. Manbaning qayd etishicha, UYeFA o‘z tasarrufidagi o‘yinlar vaqtida har qanday siyosiy aksiyalar o‘tkazishni taqiqlagan. Tarasovning harakati ham shu yo‘sinda baholanib, moskvaliklar jamoasi jazolanishi mumkinligi aytilmoqda.

"Fenerbahche" muxlislari Istanbulda "Lokomotiv" jamoasi avtobusiga hujum uyushtirdi

"Lokomotiv" futbolchisi "Fenerbahche"ga qarshi o‘yin so‘ngida turklarga Putin surati tushirilgan maykasini ko‘rsatdi

Dmitriy Tarasov Turkiyadagi o‘yindan keyin Putin surati bor maykasini ko‘rsatganiga izoh berdi

Top