11:11 / 17.02.2016
8135

Ronaldu: Messi penaltini nega bunday amalga oshirgani sababini bilaman, lekin aytmayman

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChLning nimchorak finalida «Roma»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan jurnalistlarga intervyu berdi.

Undan jurnalistlar Messi tepgan penalti haqida so‘rashgan.

«Leo nima sababdan bunday yo‘l tutganini bilaman, ammo sizlarga bilganimni aytmayman. O‘zingiz istaganingizcha taxmin qiling», deydi u bu savolga javoban.

Jurnalistlar undan Beyl va Benzema bilan munosabatlari haqida ham so‘rashgan.

«Men «Manchester Yunayted» bilan YeChLda g‘olib chiqqanman. Ammo o‘shandagi jamoadoshlarim Ferdinand, Giggz va Skoulz bilan inoqlashib keta olmaganman. Biz shunchaki salomlashardik, qo‘l berib ko‘rishardik va ishni davom ettirardik. Maydonda barchamiz jamoa manfaati uchun o‘ynaganmiz.

Kechki ovqatni birgalikda qilish, iliq ko‘rishib, quchoqlashish hech nimani anglatmaydi. Biz agar Beyl bilan kechki ovqatni mening uyimda birga qilsak, buning ortidan o‘yinimiz yaxshilanib qolmaydi. Biz professionallarmiz», deydi futbolchi ikkinchi savolga javoban.

Messi "Selta"ga qarshi o‘yinda penalti zarbasini kombinatsiyaga aylantirdi

Luis Enrike: Penaltini tepmay Messi maynavozchilik qilmadi. Muxlislarning ko‘nglini olib turish kerak

Sobiq futbolchi: Messi o‘z penaltisi uchun uzr so‘rashi, murabbiyi esa unga hayfsan berishi kerak

Top