15:07 / 17.02.2016
3818

Tayvan prezidenti Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat jiddiylashganini ma'lum qildi

Shu yilning yanvarida Tayvan prezidenti etib saylangan Tsay Invenning ma'lum qilishicha, Janubiy Xitoy dengizida tanglik holati kuchayib bormoqda. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, tayvanliklar rahbari mintaqadagi davlatlar mavjud munozaralarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan.

Uning qayd etishicha, hududdagi mamlakatlar muammoni hal etish uchun "o‘zini nazorat qilish tamoyili" ostida ish olib borishi zarur.

Bundan oldinroq, Xitoy hukumati Janbiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda tashkil etilgan sun'iy oroliga "yer-havo" tipidagi raketa majmualarini joylashtirgani haqida xabar berilgandi.

Tayvan hukumati bu ma'lumotni tasdiqlagan, lekin batafsil ma'lumot bermagan.

Barak Obama AQSh - Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) sammiti vaqtida mintaqadagi tanglik holatini bartaraf etish zarurligi haqida gapirgan.

Ma'lumot uchun, Parasel orollari hududi XXR, Tayvan va Vetnam hukumati o‘rtasida bahsga sabab bo‘lmoqda. Xitoy hukumati ushbu hududda infratuzilmani tiklab, sun'iy orollar barpo qilmoqda.

Top