14:40 / 17.02.2016
3366

XXR raketa majmualari Janubiy Xitoy dengizining bahsli orollarida paydo bo‘ldi

Fox News nashrining sun'iy yo‘ldosh suratlarini ilova qilib xabar berishicha, Xitoy Parasel orollarida o‘zining "yer-havo" raketa majmualarini joylashtirgan.

Vudi orolida har biri 8 ZRK (zenit raketa majmuasi) ga ega, kamida 2ta batareya o‘rnatilgan. Fotosuratlarning ishonchliligini AQSh mudofaa bo‘limi rasmiysi tasdiqladi. Uning gaplariga ko‘ra, suratlarda Rossiyaning S-300 majmualarining muqobili bo‘lmish HQ-9 majmualarini ko‘rish mumkin. Pentagon voqealar rivojini diqqat bilan kuzatayotgani aytilmoqda.

Keyinchalik AQSh Mudofaa bo‘limi rasmiysi Reuters agentligiga, Pentagon Vudi orolida Xitoy qurolli quchlarining "sezilarli yoyilishi" kuzatilayotganini tasdiqladi, deya xabar bergan.

Hozirda Parasel orollari hududi XXR, Tayvan va Vetnam hukumati o‘rtasida bahsga sabab bo‘lmoqda. Xitoy hukumati ushbu hududda infratuzilmani tiklab, sun'iy orollar barpo qilmoqda.

Top