11:34 / 18.02.2016
2686

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri o‘ziga qurol olib yurish yoqishini aytdi

Respublika partiyasidan AQSh prezidentligiga qo‘yilgan nomzod Ben Karson qurol olib yurish insonga o‘zini himoya qilish uchun zarur, deb hisoblaydi.

"Amerika konstitutsiyasiga kiritilgan ikkinchi o‘zgarish bejizga emas: davlatimizga tajovuz qilingan holatlarda fuqarolar bizga yordam berishlari mumkin", dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Uning fikricha, qurolga egalik qilish, mobodo AQSh zolimlashib ketsa va aholiga o‘z zulmini o‘tkazmoqchi bo‘lgan holatlarda ham asqotadi.

“Yuz yillardan buyon qurolimiz bor, yuz yillardan buyon ozodmiz, demak bunda qandaydir hikmat bor. 

Parijdagi noxush hodisalardan so‘ng, ayniqsa, qurol borasida cheklovlar qo‘yishni noto‘g‘ri, odamlar o‘zlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim", deb fikrini davom ettirdi u.

“Menda qurol olib yurishga ehtiyoj yo‘q, lekin menga o‘zim bilan qurol olib yurish yoqadi”,- qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Top