11:57 / 18.02.2016
2504

BMT Suriyaning beshta shahriga insonparvarlik yordamini yetkazdi

BMT Suriya hukumati qo‘shinlari qamalida bo‘lgan beshta shaharga eng zaruriy buyumlarni yetkazdi. Bu haqda BMTning vakili Yoqub Al-Xilloga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Insonparvarlik yordami o‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, vaksinalar va gigiyena buyumlarini olgan. BMT vakilining aytishicha, ushbu yordam 93 ming kishiga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Suriyaning qamalda qolgan hududlariga insonparvarlik yordami yetkazish bo‘yicha kelishuvga 12 fevralda Myunxenda Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi uchrashuvida erishilgandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyada shoshilinch insonparvarlik yordamiga 400 mingdan ko‘proq odam muhtojlik sezmoqda. Bu odamlar Suriya hukumat qo‘shinlari, isyonchilar va IShID jangarilari tomonidan qamal qilingan hududlarda qolmoqdalar.

Top