07:11 / 18.02.2016
2536

Eron neft qazib olish darajasini muzlatishga rozi bo‘ldi

Tehrondagi muzokaralar davomida Eron neft qazib olish darajasini muzlatishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda muzokaralarga yaqin bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Eron taklifga rozi bo‘ldi. Vazirlar Dohadagi uchrashuvda qabul qilingan qarorni taqdim qilishdi va Eron uni ma'qulladi", deyilmoqda xabarda.

Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela 16 fevralda, agar boshqa neft ishlab chiqaruvchilar qo‘shilsalar, 2016 yilda neft qazib olish darajasini yanvar oyidagi darajada saqlab qolishga kelishib olgandilar.

Top