07:04 / 18.02.2016
3064

Keyt Middlton va Mishel Obama ruhiy salomatlik to‘g‘risida maqolalar yozishdi

Kembrij gersoginyasi Ketrin Middlton hamda AQShning birinchi xonimi Mishel Obama The Huffington Post UK nashriga ruhiy salomatlik haqida maqola yozishdi. Ketrin mazkur onlayn-nashrning mehmon muharriri bo‘lib faoliyat olib borayotgani xabar qilingan edi. Shu tariqa shahzoda Uilyamning rafiqasi asosiy e'tiborni bolalarning ruhiy salomatligi masalalariga qaratish niyatida.

Gertsoginya o‘z maqolasida Young Minds Matter (Yosh onglarning ahamiyati) tashabbusi haqida so‘zlab o‘tgan. Uning fikricha, ko‘plab bolalar, ayniqsa, yordam so‘rash uchun o‘zida ruhiy tetiklik va qat'iyatlilikni shakllantirmagan, tili chiqmagan 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar qiyin muammolarga duch keladilar.

Ruhiy salomatlik masalasi avvalgidek o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Shuningdek, o‘z farzandlariga yordam berishdan qo‘rquvchi kattalar ham kam emas. “Endi bunga chek qo‘yish vaqti keldi. Agar farzandlarimiz biron bir ko‘makka muhtoj bo‘lishsa, ko‘plab ota-onalar kabi biz ham Uilyam bilan o‘ylanib o‘tirmasdan yordam berishga kirishardik”, - deydi gersoginya.

AQSh prezidentining rafiqasi esa o‘z maqolasida Ketrinni The Huffington Post UK dagi maqolasi orqali bolalardagi ruhiy salomatlik muammolariga e'tibor qaratayotganini maqtab o‘tgan. Bundan tashqari, u 40 millionga yaqin amerikaliklar ruhiy notinchlik tashxisidan aziyat chekayotganini ta'kidlagan.

Top