Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:40 / 18.02.2016
3210
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Eron neft narxini yaxshilash uchun istalgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi
Eron neft narxini yaxshilash bilan bog‘liq istalgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar bermoqda Shana axborot agentligi.
Bu haqda Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zanganiy neft qazib olish darajasini muzlatish bo‘yicha Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino, Iroq neft vaziri Odil Abdul Mahdiy va Qatar energetika vaziri Muhammad ibn Saloh as-Salom bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma'lum qildi.
Ma'lum qilinganidek, Eron Tehrondagi muzokaralar davomida neft qazib olish darajasini muzlatishga rozi bo‘ldi.