18:43 / 18.02.2016
2386

Sampaoli «Chelsi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar qatorida qayd etildi

Chili terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha Janubiy Amerikaning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan Xorxe Sampaoli «Chelsi» jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlar qatoridan joy oldi.

Londonliklar jamoasi rahbariyati ushbu 55 yoshli argentinalik mutaxassis nomzodiga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingan.

Angliyadagi eng ishonchli nashrlardan biri bo‘lmish The Telegraph nashri xabariga u bilan birgalikda Diyego Simeone («Atletiko»), Massimiliano Allegri («Yuventus») va Antonio Konte (Italiya terma jamoasi) ham londonliklarning short-listida qayd etilgan.

«Chelsi» jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich Sampaolining yuqori darajali pressing ustiga qurilgan o‘yin uslubini samarali deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, «Chelsi»ga kelishi mumkin bo‘lganlar orasida Klaudio Raneri («Lester»), Mark Xyuz («Stok Siti») va Eddi Xau («Bornmut») ham sanab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 17 dekabrida qoniqarsiz natijalar tufayli Joze Mourino ishdan bo‘shatilgach, uning o‘rniga mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarib turishi uchun Guus Xiddink olib kelingandi.

Top