14:57 / 18.02.2016
2976

Turkiya harbiy samolyotlari Iroq shimolidagi kurdlariga havodan zarba berdi

Turkiya Harbiy havo kuchlarining bombardimonchi samolyotlari Iroq shimolida harbiy amaliyot o‘tkazishdi va kurdlar ustiga bomba yog‘dirishdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Harbiy manbaning ma'lumotiga ko‘ra, zarbalar "Kurdiston ishchilar partiyasi" tashkiloti bazalari bo‘ylab berilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqarada 17 fevral kuni sodir etilgan va 28 harbiyning o‘limiga sabab bo‘lgan terakt "Kurdiston ishchilar partiyasi" qanoti bo‘lgan suriyalik kurdlar tashkiloti tomonidan sodir etilgani haqida ma'lum qilgandi.

CNN Turk telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu hujumlardan maqsad "Kurdiston ishchilar partiyasi" vakillari bo‘lgan 60-70 nafar jangarini yo‘q qilish edi.

Top