07:20 / 19.02.2016
3756

AQSh Turkiyani e'tiborni IShIDga zarbalar berishga qaratishga chaqirdi

AQSh Turkiyani e'tiborni IShID jangarilariga zarbalar berishga qaratishga chaqirdi, deb aytdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

"Biz e'tiborni IShIDga qarshi zarbalar berishga mujassamlashtirishga chaqiramiz, u bizning umumiy dushmandir", deb aytdi Kirbi.

Kirbi AQSh Suriyadagi kurdlar egallayotgan hududning kengayotganidan xavotir bildirayotganini ta'kidlab o‘tdi va ularni to‘xtashga chaqirdi.

Top