Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:03 / 19.02.2016
5592
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya prezidenti ma'muriyati binosidagi portlash xavfi haqida mahbus xabar bergan
Rossiya prezidenti ma'muriyati binosi portlashi mumkinligi haqida qo‘ng‘iroq qilib aytgan odam ruhiy kasal deb topilgan mahbus bo‘lib chiqdi.
"Bu mahbus Rossiya Jazolarni ijro etish federal xizmatining Arxangelsk viloyatidagi muassasalaridan birida saqlanadi", deb xabar beradi “Gazeta.ru” nashri.
Moskvada prezident ma'muriyati binosida portlash xavfi xaqida 18 fevral kuni xabar qilingan edi.
DUM (davlat universal magazini) binosida ham odamlar evakuatsiya qilingan edi.