12:28 / 20.02.2016
4392

Fotograf-olim suvda tovushlarning harakatlanishini tasvirga tushirdi

Biokimyogar va fotograf Linden Gledhill (Linden Gledhill) akustik to‘lqinlarni tasviriy san'at asariga aylantirdi. Suv, neon lampalari va maxsus programma suyuqlikda tovushning harakatlarini “suratga olishga” yordam berdi.

Gledxill kompyuterga ulangan akustik karnaylarni suv to‘ldirilgan idishga uladi. Programma sinusoidal tovush to‘lqinlarini ishlab chiqardi. Keyin fotograf idishning ustiga chiqib, hosil bo‘lgan kaleydoskopik tasvirlarni diodli lampalar yordamida suratga oldi.

"Diodlar tovush harakatini sekinlashtirib, to‘lqinlarga jilo bag‘ishladi, shuning uchun ularning tasviri aniq chiqdi", deydi Gledhill.

"Yorqin neon ranglari va o‘ralgan chiziqlar tovushning maksimal vizualizatsiyasiga erishishga imkon beradi. Agar tabiatdagi geometrik simmetriyani esga olsak, tovush vibratsiyalari dengiz mollyuskalarini va toshbaqalarini eslatadi”, deb ta'kidlaydi fotograf.

Boshqa to‘lqinlar kabi, tovush chastotasi, amplitudasi, uzunligi va tezligi bilan tavsiflanadi.

Tovush tabiatining xususiyati haqida Leonardo da Vinchi 1500 yilda o‘z farazlarini bergandi.

Top