00:30 / 20.02.2016
6708

FT: Turkiya va Saudiya Arabistoni Suriyaga qo‘shin olib kirishi mumkin

AQSh Turkiya va Saudiya Arabistonini Suriyadagi harbiy operatsiyani o‘tkazishdan qaytarish yo‘llarini qidirmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.

Nashrning yozishicha, NATOning ko‘pchilik davlatlari uchun alyansga a'zo davlatning Suriyaga qo‘shin olib kirishi mumkinligi xavotirli ko‘rinmoqda.

Ta'kidlanishicha, hozircha Anqara va Ar-Riyod Vashingtonning ma'qullovisiz qo‘shin olib kirishdan xavfsiramoqda, biroq ular AQSh Rossiya harakatiga qarshi turmayotgani va ba'zi harakatlarni amalga oshirayotganidan achchiqlari kelmoqda.

Turkiya Suriya bilan chegarasida bir necha kilometrlik bufer zona yaratmoqchi. Bu Anqaraga suriyalik kurdlarning harakatlanishini nazorat qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, Turkiya o‘z hududi orqali Suriyaga jangarilarning o‘tishini ta'minlamoqda.

Saudiya Arabistoni ham mintaqadagi ta'sirini yo‘qotayotgandan tashvishlanmoqda. Ar-Riyod Eronni ushlab turish uchun 34 ta davlatdan iborat islom davlatlari koalitsiyasini tuzdi.

Ba'zi ekspertlarning fikricha, Saudiya Arabistoni Suriyaning janubi-sharqida harbiy harakatlar amalga oshirishni qaramoqda. Suriyaning bu hududi Iordaniya bilan chegaradosh bo‘lib, harbiy operatsiyada Iordaniya ham ishtirok etishi mumkin. Biroq Ar-Riyod bunday harbiy operatsiyani faqatgina NATO qo‘llab-quvvatlagandagina o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.

Top