19:44 / 21.02.2016
22741

79 yoshli onasini bo‘g‘ib o‘ldirgan xatirchilik qotilga hukm o‘qildi

Navoiy viloyati prokuraturasi tergov materiallar asosida mazkur viloyatda istiqomat qiluvchi fuqaroning o‘z onasini o‘ldirgani haqidagi ma'lumot “Huquq” gazetasida chop etildi.

Nashrning yozishicha, 2015 yilning 2 avgust kuni ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan yigit mahalladagi to‘ydan ichib kelib, janjal ko‘taradi. Avval xotini, keyinchalik tandirxonada boshini yuvib o‘tirgan onasini ko‘rib qolib, unga tashlanadi. Bechorahol ona esa qochishga urinadi. Shayton yo‘ldan urgan, g‘aflat va iblis sharobiga to‘yingan o‘g‘il, onasiga bir zumda yetib olib, tepkilashga tushadi. Bu paytda uyda bo‘lgan xotini va jiyanlari bechora onani ba'zo‘r modarkushning changalidan qutqarishadi. Ammo vahshiy qotil baribir shashtidan tushmaydi. Yana keksa onasini tepkilab, oxiri bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Aniqlanishicha, yigit uylanganidan so‘ng, butkul o‘zgargan. Oilada tez-tez qaynona-kelin mojarolari bo‘lib turgan. Shu sabab ona-bola o‘rtasidagi munosabatlarga ham darz ketgan. Oxir-oqibat beqaror yigit o‘z tuqqan onasini o‘ldirib, kechirilmas gunohga botdi.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 2-qismi “v, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun qotil 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Top