Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 07:19 / 21.02.2016
3212
1 daqiqa o‘qiladi
Berlin kinofestivalining bosh mukofotini qochqinlar haqidagi film oldi
Italiyalik rejissyor Janfranko Rozining "Fuocoammare" ("Dengizdagi alanga") hujjatli filmi 66-Berlin kinofestivalining bosh mukofoti – "Oltin ayiq"qa loyiq deb topildi. Bu haqda kinomukofotning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.
Film O‘rta Yer dengizidagi Lampeduza italyan orolidagi hayot haqida bo‘lib, bu yerga 2000-yillardan boshlab Yevropa davlatlariga bormoqchi bo‘lgan qochqinlar keladilar.
Berlinale 11 fevraldan boshlab o‘tkazildi, bosh mukofotga 18 ta film da'vogarlik qildi.