13:05 / 21.02.2016
2812

Suriyaning Homs shahridagi terakt tufayli 14 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Homs shahrida sodir etilgan 2ta terakt 14 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda AFP shahar shifoxonasidagi manbasiga asoslanib, xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, portlashlar tufayli 10dan ortiq kishi jarohatlangan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Homs shahridagi Az-Zahro kvartalida terrorchi hudkush tomonidan sodir etilgan terakt tufayli 14 kishi halok bo‘lgan, kamida 10 kishi jarohatlangan. Shifoxonaga odamlarni olib kelish ishlari davom etmoqda", deyiladi manba xabarida.

Suriyaning Homs shahrida 2ta terakt sodir bo‘ldi

Top