09:33 / 21.02.2016
2815

Tramp Janubiy Karolina shtatidagi praymerizda g‘olib bo‘ldi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp Janubiy Karolina shtatidagi praymerizda (dastlabki saylovlarda) 33 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘ldi.

Ovozlarni hisoblash jarayoni davom etmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp 33 foizga yaqin ovoz oladi, 2-o‘rin uchun senatorlar Ted Kruz (22 foiz) va Marko Rubio (21foiz) kurashmoqda.

Bu prognoz ekzit-pollar va ovozlarni hisoblashning birinchi natijalariga asoslangan. Bu ma'lumotlarni 20 fevralda saylov uchastkalari yopilgandan keyin CNN, Fox News, NBC telekanallari va Associated Press axborot agentligi taqdim qildi.

Janubiy Karolinadagi praymerizda dastlabki saylovlar natijasiga ko‘ra, Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Bushning AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashdan chiqishini e'lon qilishi bosh sensatsiya bo‘ldi. Bush praymerizda bor-yo‘g‘i 10 foiz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Donald Tramp Jyeb Bushni Rossiyaga nisbatan munosabati uchun qattiq tanqid qilgandi. Bush esa Trampni "notavon" deb atagandi.

Top