12:31 / 22.02.2016
2605

HTC aprel oyidan 799 dollarlik Vive shlemlarini sotishni boshlaydi

HTC Vive shlemlariga buyurtmalar 2016 yilning 29 fevralidan qabul qilinadi, apreldan esa uskuna yetkazib berish boshlanadi. Bitta to‘plamning narxi 799 dollarni tashkil etadi.

To‘plamda shlemdan tashqari ikkita (har bir qo‘l uchun bittadan) kontroller (ing. “nazoratchi”) va foydalanuvchining xonadagi joylashuvini aniqlash uchun ikkita asos stansiyasi bor. Job Simulator va Fantastis Contraptor boshlang‘ich o‘yinlari ham shu to‘plamdan joy olgan, deb xabar beradi Gizmodo.

Shlemda 90 Gts tezlikda yangilanadigan 1920 ga 1080 pikselli ikkita displey, shuningdek, smartfonlardan qo‘ng‘iroq qabul qilish imkonini beruvchi Bluetooth uskunasi o‘rnatilgan.

Lekin HTC Vive ning sotuvga chiqishi haqidagi xabar Mobile World Congress press-relizining kutilmaganda tarqalib ketishi asosida paydo bo‘ldi. Kompaniya bu haqda hali rasmiy e'lon bermagan.

HTC Vive ga eng yaqin raqib Facebook ka tegishli Oculus VR kompaniyasining Oculus Rift shlemidir. U buyurtmalarni 7 yanvardan qabul qilgan, sotuvi esa 599 dollar narxda mart oyida boshlanadi.

Top