19:08 / 22.02.2016
3408

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Boing samolyoti uchun Fullflight-simulyator xarid qilmoqda

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi joriy yilda Boing 757 va 767 samolyotlari uchuvchilari uchun tryonajyer – Fullflight-simulyator xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi aviakompaniyadagi manba Sputnik nashriga.

Yangi trenajyor ikki turdagi samolyotlar uchun universal bo‘ladi, chunki bu samolyotlar orasida o‘lchamlaridan tashqari, boshqa sezilarli farqlar mavjud emas. Aviakompaniya rahbariyati fikricha, bu ekipajlarni o‘qitishda optimal va foydali yo‘l hisoblanadi. Simulyator samolyotlarning biridan ikkinchisiga yengil o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq aviakompaniyada ma'lum qilinganidek, xarid qilinayotgan simulyator avval foydalanishda bo‘lgan, chunki hozirda Boinglar uchun bunday simulyatorlar ishlab chiqarilmaydi. O‘z navbatida Kanadaning CAE kompaniyasi aviakompaniya buyurtmasiga ko‘ra bu simulyatorni xalqaro standatlarga mos modernizatsiya qiladi.

Manba fikricha, bu trenajyor aviakompaniyaning uchuvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishdagi imkoniyatlarini yana oshiradi. Shu bilan birga kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning xavfsizligi oshadi. Fullflight-simulyatorlar haqiqiy parvozning to‘liq tasvirini yaratishga qodir, bu uchuvchilarning turli favqulodda vaziyatlarga javob berish malakalarini sayqallashga imkon beradi.

Ayni vaqtda milliy aviakompaniya muntazam asosda dunyoning 40 dan ko‘proq shahariga reyslar amalga oshiradi. Kompaniyaning 25 ta davlatda vakolatxonalari mavjud.

Top