13:54 / 22.02.2016
2678

Samsung muxbirlarni virtual reallik shlemlarini kiyishga majbur qildi

Samsung Galaxy S7 taqdimotiga kelgan muxbirlarni stullarda joylashgan Gear VR virtual reallik shlemlarini kiyishga majbur qilishdi.

Muxbirlarning ko‘z oldilarida ro‘y beradigan butun taqdimotni virtual reallikda tomosha qilish taklif qilingan.

"Bizda bir qancha savollar paydo bo‘ldi, virtual reallik shlemlarini kiyishni so‘rashdi. Shu alfozda taqdimotni tomosha qilishimiz va klaviaturada tekst yozishimiz kerak bo‘ldi", deydi Android Central muxbiri.

Samsung Galaxy S7 ning taqdimoti 21 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da bo‘lib o‘tdi.

Top