14:38 / 22.02.2016
2657

Vashingtonda 54 yillik tanaffusdan so‘ng yana tramvay yura boshlaydi

Vashingtonda umumiy uzunligi 3,5 kilometrni tashkil etuvchi birinchi va hozircha yagona tramvay tizimi odamlarni tashishni boshlaydi.

Tramvaylar qatnovi Vashingtonda 54 yil avval to‘xtatib qo‘yilgan edi. Uni qayta yo‘lga qo‘yish harakati 10 yil avval boshlangan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bu loyihaning amaliyotiga hozirgacha 200 million dollar miqdorida mablag‘ sarflangan.

Birinchi tramvay liniyasining qurilishi davomida Vashingtonda uchta mer almashdi. Hisob bo‘yicha loyihaning to‘rtinchi rahbari - Myuriyel Bauzer 27 fevral kuni Vashingtonda tramvaylar harakatiga tantanali start berishga muvaffaq bo‘ladi.

AQSh poytaxtida tramvay harakati bilan bog‘lik muammolar hali oxiriga yetmagan. Masalan, shahar meri yo‘l kira haqi tizimini o‘z vaqtida ishlab chiqmagan. Shuning uchun yo‘lovchilar jamoat transportining ushbu turidan hozircha tekin foydalanishlari mukin. Tramvaylar 15 daqiqalik oraliq vaqt bilan haftasiga olti kun (yakshanbasiz) yuradi.

Tramvaylarning boshqa yo‘l tizimlari qurilishi ham rejalashtirilgan. Ularning umumiy yo‘l uzunligi poytaxtda o‘rtacha 59 kilometrni tashkil etishi mo‘ljallangan.

Top