20:03 / 23.02.2016
4325

Angliyalik muxlislar Euro-2016 vaqtida rossiyalik muxlislar hujumlariga uchrashi kutilmoqda

Angliyadagi The Sun tabloidida 2016 yilgi Yevropa chempionati vaqtida Rossiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida rossiyalik muxlislar tomonidan ingliz ishqibozlariga hujum tayyorlanayotgani haqida maqola chop etildi.

Qayd etish kerakki, Angliya va Rossiya terma jamoalari turnirning guruh bosqichida, "V" guruhida birga joy olishgan (Slovakiya va Uels ham shu guruhda).

Nashrning qayd etishicha, moskvalik fanatlar ("Spartak" va TsSKA muxlislari) Fransiyada angliyalik muxlislarga qator hujumlar uyushtirishni rejalashtirishgan. Bundan tashqari, bunday millatchi muxlislar maxsus tayyorgarlikdan o‘tish bazalarida hujum vaqtida qo‘llanadigan jang san'atlarini o‘rganishmoqda.

The Sun nashri bunday guruhlardan birining rahbari Yuriyning so‘zlarini keltiradi.

"Bizning guruhimizdagilarning aksari armiyada xizmatni o‘tagan. Biz angliyaliklar kabi qizlarning kiyimlarida yuradigan o‘smirlar emasmiz. Fransiyada Moskva va Sankt-Peterburg jamoalari muxlislari birlashadi.

Biz o‘rmonlarda jang qilamiz. Poyezdlarda ketayotganda ularni uramiz va o‘yin vaqtida ham ularni kaltaklaymiz. Inglizlar bizga qarshi tura olmaydi. Ha, bizga pivo simirish va qizlar ham yoqadi, lekin biz uchun eng birinchi o‘rinda turadigani - mushtlashishdir", deydi u.

Shuningdek, chempionatga Ukraina va Polshadan ham radikal kayfiyatdagi muxlislar kelishi xavotir bilan kutilmoqda.

Top