14:08 / 23.02.2016
2741

MWC 2016: panoramali videolar uchun LG 360 Cam raqamli kamerasi

Barselonadagi MWC 2016 ko‘rgazma doirasida ixcham LG 360 Cam raqamli kamerasini ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U panoramali tasvirga olish va LG 360 VR virtual reallik ko‘zoynaklari orqali video tomosha qilish mumkin bo‘lgan xususiyatga ega.

Qurilmaga ingalyator hajmidagi ikkita 13-megapikselli keng burchakli kamera (ko‘rish burchagi 200 daraja),1200 ma•ch sig‘imidagi akkumulyator batareyasi (to‘liq quvvat taxminan 70 daqiqali videotasvir olishga yetadi) va 4-gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan.

Tasvirga tushirilgan kontent microsd xotira kartasida saqlanib qoladi. Obektivlar maxsus plastik qoplamalar bilan himoya qilingan.

LG 360 Cam kamerasida 2K hajmdagi video suratga olish va uchta mikrafon yordamida stereofonik ovoz yozish xususiyati mavjud. Yangi qurilma Android-smartfonlarga ulanish uchun Wi-Fi va Bluetooth simsiz aloqa modullariga ega. Ular orqali kamerani sozlash hamda mobil dasturlar orqali kontentni ko‘rish mumkin.

LG 360 Camda ishlangan kontentni Google Street View va youtube 360ga yuklash, shuningdek, panoramali videorolik va fotosuratlarni o‘qiy oladigan turli qurilmalarda qaytadan yaratish mumkin. LG 360 Cam 2016 yil aprel oyida yangi LG G5 smartfoni bilan bir vaqtda jahon bozoriga chikishi kutilmoqda. Uning narhi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Top