01:01 / 23.02.2016
5291

Rossiya "Mistral" kemalari uchun to‘lagan pulini qaytarib oldi

Rossiya ikkita "Mistral" vertolyot tashuvchi kemasi qurish uchun Fransiya bilan tuzgan shartnoma bekor qilingandan keyin, kemalar uchun to‘lagan pulining asosiy qismini qaytarib oldi, deb xabar bermoqda Moskvadagi harbiy-diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda RNS nashri.

"1 mlrd yevro miqdoridagi pul o‘tgan yilning avgustida qaytarib berilgan. Bu shartnoma bekor qilinishi bilanoq tezda amalga oshirildi. Rossiya YuKOS ishi doirasida pullar hibsga olinmasligi uchun iloji bor ishni qildi", deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, Fransiya Rossiyaning talablariga borishga qaror qildi, chunki uning roziligisiz kemalarni boshqa xaridorlarga sota olmasdi.

Top