14:52 / 23.02.2016
5574

Useyn Bolt «Arsenal» himoyachisi Belerin o‘zidan chopqirroqligi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi yamaykalik Useyn Bolt tez yuguradigan futbolchilar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Arsenal» himoyachisi Ektor Belerinning 40 metr masofaga mendan tez yugura olishi haqida eshitgandim. Futbolchilarning mendan tezroq yugurishi haqidagi tarixlarga kulib qo‘yaman. Ular dastlabki 10-20 metr masofa uchun juda yuqori tezlik olishadi, shuning uchun ular shug‘ullanishadi. Men esa 100 va 200 metrga hammadan tezroq yugurish uchun mashq qilaman.

Futbolchilar ichida 100 metrlik masofani 10 soniya ichida bosib o‘ta oladiganlarini eshitmaganman», dedi yamaykalik sportchi.

O‘zining sevimli jamoasi haqida to‘xtalarkan, sportchi ingliz klubining bu yilgi o‘yinlarini tanqid ostiga oldi. «Manchester Yunayted» fanati sifatida men qiziqarli, hujumkor futbol ko‘rishni yoqtiraman. Bu yilgi mavsumda bunaqa birorta bunaqa o‘yinni ko‘rmadim», – deya gapirib o‘tgan Bolt.

Top