17:45 / 24.02.2016
3185

Boston Dynamics robotlari yiqilgach o‘rnidan turishi takomillashtirildi

Alphabet xolding tarkibiga kiruvchi Boston Dynamics kompaniyasi muhandislari Atlas robotining yangi ko‘rinishini taqdim etishdi.

Ikki oyoqli Atlas robotining yangi to‘ldirilgan vakili yengilroq va “sobitqadam”roq bo‘ldi. Endi uning og‘irligi 80 kg, bo‘yi 175 sm va u notekis joylarda ham muvozanatini saqlagan holda yura oladi. Shuningdek, Atlas aniq xarakatlanish va o‘z atrofida yo‘nalishni yaxshiroq olish imkonini beruvchi bir qancha datchiklar bilan jihozlangan.

Boston Dynamics taqdim etgan videoda ko‘rinadiki, robot qutilarni ham ko‘tara oladi, eshiklarni ochadi va muhandislarning zarbalariga ham “chiday” olgan.

Top