14:49 / 24.02.2016
30927

Hurmatga loyiq sakkiz taniqli shaxs

Barcha boylar va mashhurlar ham o‘z istaklarini qondirish uchun dabdaba ortidan yugurishmaydi. Hayotda badavlat bo‘lsa-da, oddiy va kamtarona turmush tarzini kechirayotgan yoki aksincha, yoshlikdagi ahmoqona odatlaridan voz kechmaydigan mashhurlar ham ko‘p uchraydi.

O‘zining hayotiy prinsiplari va harakatlari orqali havas qilishga loyiq insonlar bo‘lgan mashhur insonlar bilan tanishtirib o‘tamiz:

1. Shvetsiyaning oddiy malikasi


Bu Shvetsiya malikasi Madlen. U kuchukchasidan qolgan axlatlarni o‘zi tozalaydi.

2. Dunyoning eng kambag‘al prezidenti


Xose Muxiko Kordano - Urugvayning sobiq prezidenti, lekin uni mahalliy aholi El' Pepe deb chaqiradi. U o‘zining barcha maoshini xayriya ishlariga sarflagan va dunyoning eng kambag‘al (bag‘rikeng) prezidentiga aylangan. 263 000 urugvay peso maoshidan oyiga bor-yo‘g‘i o‘n foizlik qismini o‘ziga olib qolgan.

U fermaga yaqin qishloqda yashaydi. Uy xo‘jaligi uchun suvni bir o‘zi darvoza yaqinidagi quduqdan tashiydi. Hayoti davomidagi eng katta xarajatni “Folksvagen qo‘ng‘izi”ni sotib olishga ishlatgan. Muxikoning bankda hech qanday hisobi va qarzlari yo‘q.

3. London shahri meri


London shahri meri janob Boris Jonson galstuksiz yurishdan xijolat chekmaydi, sport kiyimlari, ryukzak va velosiped shlemini erkin kiyib yuradi. Aynan Boris Jonson Britaniyada velosiped harakati rivojini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy shaxslardan biridir.

4. Reykyavik shahri meri


Yon Gnarr – Islandiyaning eng katta shahri bo‘lmish Reykyavikning amaldagi hokimi. Bu inson oliygohda tahsil olmagan, komik aktyor va haydovchi bo‘lib ishlagan. Lekin 2010 yilda u o‘zining “Eng yaxshi partiya” deb nomlanuvchi siyosiy partiyasini tuzadi. Partiya tarkibi asosan ijodkor shaxslar – rassomlar, musiqachilar va qiziqchilardan tashkil topadi. Qizig‘i shundaki, shahar aholisi 34,7 foiz ovoz bilan aynan shu partiyaning sardorini hokimi etib saylashadi.

5. Nyu-Yorkning sobiq hokimi


Maykl Blumberg dunyoning eng badavlat insonlari qatorida 13-o‘rinda tursa-da, juda ham g‘ayrioddiy shaxs. U metroda yuradi. Suratda u shahar kengashining binosida, o‘z ish stolida – oddiy idora mebelida o‘tiribdi. Yonida esa an'anaviy monitor, qog‘ozlar, chizmalar, qandaydir buyumlar va yong‘oqli yog‘ bankasini ko‘rish mumkin.

6. Xippi-milliarder Richard Brenson


Janob Richard Brenson – Virgin aviakompaniyasining asoschisi. 10 yil ichida u kichik musiqa do‘konini sayyoraning barcha qit'alariga yoyilgan ko‘p qirrali ulkan biznesga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Brenson hech narsaga qaramay, o‘zining yorqin, noodatiy shaxsligi uchun «xippi-milliarder» laqabini olgan. U so‘nggi chiqishlarining birida – aeroportda AirAsia kompaniyasining styuardessasi kiyimida paydo bo‘ldi. Brenson kamera oldida faqat o‘zini ko‘z-ko‘z qilmay, Pert – Kuala Lumpur reysi yo‘lovchilariga xizmat qildi.

7. Google afsonasi


Sergey Brin — Google Inc. kompaniyasining asoschilaridan biri, kompyuter biznesining afsonasi, Google Inc.ning texnologiyalar bo‘yicha prezidenti, milliarder va Amerikaning eng boy odamlaridan hisoblanadi. Shunga qaramasdan, Sergey oddiy hayot kechiradi. Oddiy uch xonali kvartirada yashaydi va “Mersedes”da emas, balki ekologik toza dvigatelga ega Toyota Prius mashinasini haydaydi. Yana u San-Frantsiskoda joylashgan “Katyaning Rus Qahvaxonasi”ga borishni va do‘stlarini borshch, chuchvara va quymoqlar bilan mehmon qilishni xush ko‘radi.

8. Milliardlarsiz milliarder


Chak Fini - Duty Free Shoppers do‘konlar tarmog‘i asoschisi. 30 yil ichida u o‘zining ishlab topgan 7.5 milliard dollar pulini sekin asta dunyo bo‘ylab kezib tarqatgan. U bu pullarni konyak, atir va sigaretalar sotib ishlagan. Uning The Atlantic Philanthropies xayriya jamg‘armasi tomonidan butun dunyo bo‘ylab 6.2 milliard dollarni fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va qariyalar uylariga sarflangan. 2020 yilga kelib u o‘zining barcha kapitalini muhtojlarga yordam sifatida tarqatishni rejalashtirgan.

Top