09:46 / 24.02.2016
2999

Messi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ilk marta Chex darvozasini ishg‘ol qildi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi nimchorak finalida "Arsenal"ga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Shu tariqa, argentinalik hujumchi faoliyatida ilk marta Petr Chex darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqdi. Bunga qadar Messi "Chelsi" tarkibida "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan 6 uchrashuvda Chexga gol ura olmagan edi.

Messining Petr Chex darvozasiga yo‘l topa olmasligi bo‘yicha ko‘rsatkich esa 10 soatu 11 daqiqani tashkil etgan.

Top