15:51 / 24.02.2016
2842

Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 200 mln obunachi yiqqan ilk sportchiga aylandi

"Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Twitter va Instagram) o‘z o‘quvchilari sonini 200 mln nafarga yetkazgan ilk sportchi sifatida tarixga kirdi.

Ayni vaqtda Ronalduning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidagi o‘quvchilari soni 109,7 mln, Instagram’ida 49,6 mln, Twitter’ida 40,7 mln nafar o‘quvchisi bor. Har kuni uning o‘quvchilari soni o‘rtacha 135 ming nafarga ortmoqda.

Taqqoslash uchun, "Barselona" futbolchisi Lionel Messining ijtimoiy tarmoqlardagi jami o‘quvchilari soni 120,8 mln nafarni tashkil qiladi. Lekin Messining Twitter’da akkaunti yo‘q. Bu borada uchinchi o‘rinda amerikalik basketbolchi Lebron Jyeyms o‘rin egallagan - 69 mln obunachi.

Top